Logo

Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari o'rtasida vebinar tashkil etildi

Sentabr 29, 2025. 17:52 • 46 soniya

71
Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari o'rtasida vebinar tashkil etildi

 ANQARA, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Turkiya Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi va Andijon viloyati hokimligi vakillari ishtirokida vebinar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vebinarda ikki mamlakat elchilari, Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashining Turkiya-O'zbekiston qo'mitasi raisi O'zg'ur Onur O'zguven, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari va viloyatida faoliyat olib borayotgan turk investorlari ishtirok etdi.

Andijon viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, avtomobilsozlik, to'qimachilik, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati, uy-joy qurilishi va qurilish materiallari sohalaridagi salohiyati hamda hududda yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar haqida taqdimotlar o'tkazildi.

Andijon viloyatida ishlayotgan "MASIS TEKS" qo'shma korxonasi bosh direktori Yilmaz Sosyal, "OZDEMIR KIMYA" xorijiy korxonasi ta'sischisi Zeki O'zdemir o'z faoliyatlari va tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Vebinar yakunida Turkiyalik yirik ishbilarmon doira vakillarining O'zbekistonga, xususan, Andijon viloyatiga, o'z o'rnida andijonlik tadbirkorlarning Turkiyaga biznes-missiyalarini tashkil qilishga kelishib olindi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish