Logo

O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi

Dekabr 14, 2025. 12:22 • 2 daq

144
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi

QOHIRA, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Qohira shahrida O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatining yetakchi vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur forumning asosiy maqsadi ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish, tekstil va tikuv-trikotaj sanoatidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda korxonalar o‘rtasida bevosita biznes aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston va Misrning “Bukhara Textile Cotton”, “Tashkent Cotton Textile”, “Lufian Tex”, “Smart Apparel”, “T&C Garment”, “Erak Giyum”, “Lotus”, “Sheeba International” va boshqa paxta-to‘qimachilik klasterlari, ip-kalava, mato va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalari qatnashdi. Unda ishtirokchilar eksport-import salohiyati, mavjud talab, ishlab chiqarish standartlari va logistika yo‘nalishlari haqida maʼlumot almashdilar.

Shuningdek, forum doirasida B2B uchrashuvlari o‘tkazilib, tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlar belgilab olindi. Ko‘plab kompaniyalar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarning sinov partiyalarini yetkazib berish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va uzoq muddatli shartnomalar tuzish imkoniyatlarini muhokama qildi. Xomashyo yetkazib berishning barqaror zanjirlarini shakllantirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish va tajriba almashishni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida muloqotni muntazam davom ettirish, qo‘shma seminar va ko‘rgazmalar tashkil etish, o‘zaro ishbilarmonlik tashriflarini rivojlantirishga kelishib olindi. Qohiradagi to‘qimachilik forumi O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ladi.

Misr To‘qimachilari palatasi raisi Hamdi Abu al-Anayn O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatida mintaqada yuqori salohiyatga ega davlat ekanini taʼkidlab, mamlakatimizdagi ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilganini bildirdi. Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston mahsulotlarini Misrda birgalikda ishlab chiqarish va xorijiy bozorlarga eksport qilish, omborxona va shou-rumlar tashkil etish, savdo aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish