Logo

Oʻzbekiston va Sloveniya oliy ta'lim sohasidagi hamkorligi yangi pogʻonaga koʻtariladi

Oktabr 05, 2025. 09:53 • 39 soniya

47
Oʻzbekiston va Sloveniya oliy ta'lim sohasidagi hamkorligi yangi pogʻonaga koʻtariladi

LYUBLYANA, 5-oktabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekistonning Sloveniyadagi elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Lyublyana universiteti rektori Gregor Majich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning may oyida Sloveniyaga oliy darajadagi tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, ikki davlat oʻrtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilindi.

Tomonlar ta'lim va fan sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, qoʻshma akademik va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Kadrlar tayyorlash, qoʻshma ta'lim dasturlarini amalga oshirish va akademik almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Muloqot yakunida 2026-yilda birinchi Oʻzbekiston – Sloveniya rektorlari va innovatsiyalar forumini oʻtkazish, shuningdek, akademik hamkorlik sohasida yangi tashabbuslarni ishga tushirish toʻgʻrisida bir qator kelishuvlarga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish