27–29-oktabr kunlari Toshkentda “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Oktabr 09, 2026. 10:00 • 3 daq

• 331
27–29-oktabr kunlari Toshkentda “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

TOSHKЕNT, 9-oktabr. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 27–29-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKKda “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazma “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group” tashkilotchiligida o‘tkaziladi.

Bu yil o‘zining 20 yillik yubileyini nishonlayotgan “MiningMetals Uzbekistan” mamlakatda sohaning yetakchi ko‘rgazma tadbiri hisoblanadi. U an’anaviy tarzda so‘nggi yechimlar va innovatsiyalarni namoyish etish, sheriklik aloqalarini kengaytirish, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan tanishish hamda korxonalarni rivojlantirish uchun maydon vazifasini o‘tamoqda.

Bugungi kunga qadar Avstraliya, Belarus, Eron, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Ispaniya, Kanada, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Serbiya, Turkiya, Xitoy va O‘zbekiston kabi 16 mamlakatdan 150 dan ortiq ishtirokchi ko‘rgazmada qatnashishini bildirgan.

Tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmada tog‘-kon sanoati va boyitish texnikasi, metallurgiya va metallsozlik uskunalari, mineral xomashyoni tashish va qayta ishlash, raqamlashtirish, avtomatlashtirish hamda sanoat xavfsizligini ta’minlash texnologiyalari bilan tanishishlari mumkin.

Germaniya bu gal ham milliy pavilon formatida ishtirok etadi. Xitoy va Turkiya ishlab chiqaruvchilari keng ko‘lamli ekspozitsiyani namoyish etadi.

Mamlakatimizning milliy stendi O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining integratsiyalashgan stendi formatida taqdim etiladi. Unda mamlakatning tog‘-kon va metallurgiya sanoatidagi yetakchi korxonalari – “Navoiy” KMK, “Olmaliq” KMK, “O‘zmetkombinat”, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va “Navoiuran” ishtirok etadi.

Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida “Resurslardan global imkoniyatlargacha” shiori ostida “8-O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2026” tashkil etiladi.

“UIMF 2026” tog‘-kon va metallurgiya sanoatining yetakchi vakillari, davlat tuzilmalari, investorlar, texnologik kompaniyalar hamda Markaziy Osiyoning ilmiy hamjamiyatini birlashtiradi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari bilan shaxsan uchrashish va hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar tuzish imkoniyatidan foydalanish uchun faol ro‘yxatdan o‘tish boshlangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘ting va o‘zingizni qiziqtirgan kompaniyalar bilan uchrashuvlarni rejalashtiring.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/MMUZ_dunyo_uz 

“UIMF 2026” forumida delegat sifatida ishtirok etish uchun ham ro‘yxatdan o‘tish boshlandi: https://uimf.uz/uz/forma-zaprosa

Savollaringiz bo‘lsa, tashkilotchilarga murojaat qiling:

Tel.: +998 71 205-18-18, +998 50 760-51-54.

Elektron pochta: mining@iteca.uz

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish