Qozog'istonda vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi
Noyabr 24, 2024. 12:30 • 52 soniya
• 116
OQTOV, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Oqtov shahridagi "Karvon" o'zbek milliy taomlari restoranida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida yurtdoshlarimizga davlatimiz rahbariyati tomonidan xorijdagi mamlakatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha qabul qilinayotgan dasturlar haqida so'zlab berildi. O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati ta'kidlandi.
Shuningdek, vatandoshlar konsullik-huquqiy yordam ko'rsatishning tartibi va Bosh konsulxona faoliyati bilan tanishdilar. Yurtdoshlarimizga Qozog'istonning migratsiya to'g'risidagi qonun-qoidalariga rioya qilish zarurligi aytib o'tildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan atroflicha javob oldilar.
"Karvon" o'zbek milliy taomlari restorani rahbariyati bilan kechgan muloqotda majmuada mavjud bo'sh ish o'rinlariga yurtdoshlarimizni jalb etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi. Restoran mutasaddilari hozirda yanada 10 nafar ishchiga ehtiyoj borligini ma'lum qildi. Tomonlar mazkur bo'sh o'rinlariga qonuniy tarzda ishchilarni jalb etish uchun O'zbekistonning tegishli tashkiloti bilan muzokara o'tkazish yuzasidan kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi