O'zbekiston madaniyati Pekinda tashkil etilgan xalqaro tadbirda taqdim etildi
May 28, 2025. 14:48 • 57 soniya
• 73
PEKIN, 28-may. /"Dunyo" AA/. Pekin shahrida Xitoyning eng yirik oliy o'quv yurtlaridan biri – Sinxua universitetida tashkil etilgan xalqaro tadbirda O'zbekiston madaniyati va an'analari taqdim etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda 40 ga yaqin mamlakatdan 5000 dan ortiq talaba va o'qituvchilar, universitet xodimlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar e'tiboriga O'zbekiston hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslari ko'rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda o'zbek milliy kuy va qo'shiqlari taqdim etildi.
O'zbekiston madaniyatini namoyish etuvchi milliy pavilyon yig'ilganlarda katta qiziqish uyg'otdi. Ishtirokchilar uchun YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan o'zbek palovi tarqatildi.
O'tkazilgan uchrashuv va suhbatlar davomida ikki mamlakat oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish, talabalar va o'qituvchilar o'rtasida almashinuvni faollashtirish haqida fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilar joriy yilning 1 iyunidan O'zbekiston va Xitoy o'rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kirishi haqida xabardor qilindi.
Sinxua universiteti Xitoy oliy ta'lim dargohlari orasida birinchi o'rinda, jahon reytingida esa Top-10da qayd etilgan. Universitetda 60 mingta talaba tahsil oladi. Ular orasida O'zbekistondan kelgan yosh vatandoshlarimiz ham bor.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi