O'zbekistonning boy madaniy merosi va turizm salohiyati Polshada taqdim etildi
May 01, 2025. 16:32 • 28 soniya
• 62
VARSHAVA, 1-may. /"Dunyo" AA/. Polsha poytaxtidagi "Alternatywy" madaniyat markazida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda taniqli sayohatchi va ekspert Kshishtoff Krigiyer, shuningdek, Polsha madaniy va ilmiy doiralari vakillari qatnashdi.
Kshishtoff Krigiyer tadbirning ochilish qismidagi nutqida O'zbekistonning boy tarixiy merosi, diqqatga sazovor joylari, rivojlangan transport infratuzilmasi, shuningdek, mamlakatimizda turizm sohasini barqaror rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'zlab berdi.
Taqdimot davomida o'tkazilgan o'zbek milliy liboslari namoyishi ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi