Polshadan munosabat: O'zbekiston mening qalbimni zabt etdi
Noyabr 25, 2024. 12:51 • 2 daq
• 136
VARSHAVA, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. "Silk Trip" (Polsha) sayyohlik kompaniyasi hammuassisi, "Ipak yo'lida turizm" 29-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi ishtirokchisi Anjey Nanus "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– "Silk Trip" kompaniyasining vazifasi polshalik sayyohlar uchun O'zbekistonga, xususan, tarixiy Buyuk ipak yo'lining Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlariga turlar tashkil etishdir.
O'zbekiston mening qalbimni zabt etdi. Bu juda qiziqarli mamlakat va ko'plab polyaklar bu yerga sayohat qilishga katta qiziqish bildirmoqda.
Varshavadan Toshkentga to'g'ridan-to'g'ri avia reyslarning yo'lga qo'yilishi bu vazifani ancha soddalashtirdi. Ko'pchilik menga Facebookda sayohat qilish imkoniyati, narxi, tashkilotchilik, mehmonxona sharoitlari va ekskursiya dasturi haqida savollar bilan yozadi. Kompaniyamiz ushbu jihatlarning barchasini e'tiborga oladi. Biz turli xil takliflarni tayyorladik: 6, 8 yoki 11 kunlik sayohatlar barchasi inklyuziv formatda va hamyonbop.
Shuningdek, biz diqqatga sazovor joylar haqida ko'plab ma'lumotlarni yetkazish maqsadida polyak tilida so'zlashuvchi gidlarni taklif qilamiz. Birinchi navbatda, Polshadan kelgan sayyohlar guruhiga e'tibor qaratamiz. Lekin qo'shni Yevropa davlatlaridan ham O'zbekistonga tashrif buyurishni istagan sayyohlar uchun ochiqmiz. Bu ajoyib joy.
O'tgan ikki kun ichida O'zbekistonga qo'shni Qirg'iziston, Qozog'iston va Ozarbayjondan bo'lgan kabi ko'plab turoperatorlar bilan uchrashdim. Biz aloqa va takliflar almashdik. "Silk Trip" bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalardan ham ko'plab takliflar oldim.
O'zbekistonning Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlaridagi mehmonxonalar vakillari bilan suhbatlashdim. Ushbu kompaniya va mehmonxonalar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatish niyatidaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi