Logo

Bahrayn turizm biznesi vakillari uchun O'zbekiston bo'ylab info-tur tashkil etildi

May 05, 2025. 18:32 • 38 soniya

205
Bahrayn turizm biznesi vakillari uchun O'zbekiston bo'ylab info-tur tashkil etildi

MANAMA, 5-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida) tashabbusi bilan Bahraynning yetakchi turoperatorlaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar turizm sohasida O'zbekiston-Bahrayn o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini jadal rivojlantirish, shuningdek, bahraynlik sayyohlar o'rtasida O'zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Info-tur davomida Toshkent va Samarqand shaharlaridagi bir qator diqqatga sazovor hamda tarixiy qadamjolarga sayohat tashkil etildi. Shuningdek, Toshkent viloyatining tog'li hududlarida yaratilgan turistik infratuzilma va ekoturizmni rivojlantirish bo'yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O'zbekiston va Bahrayn turoperatorlari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda sayyohlar almashinuvini yo'lga qo'yish, yangi turpaketlarni ishlab chiqish, yurtimiz sayyohlik salohiyatini Yaqin Sharq mamlakatlarida birgalikda targ'ib qilish yuzasidan kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish