"Bolshaya Aziya": O'zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 3 milliondan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi
Iyul 07, 2025. 08:56 • 56 soniya
• 70
MOSKVA, 7-iyul. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning "Bolshaya Aziya" elektron nashrida "O'zbekistonda sayyohlar oqimi 46 foizga oshdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ma'lum qilinganidek, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekistonga 3 milliondan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Bu raqamlar 2024-yilning ushbu davriga nisbatan 50 foizga ko'pdir.
Rossiya OAV, shuningdek, O'zbekistonga joriy yilning birinchi to'rt oyi turistlar oqimi 987,9 ming kishiga oshganini ma'lum qildi.
"Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 46,4 foizga ko'pdir. Bunday sezilarli dinamika respublikaning sayyohlik maskani sifatida jozibadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi", – deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, ushbu davrda O'zbekistonga eng ko'p sayyohlar Qirg'iziston (942 ming kishi), Tojikiston (qariyb 794 ming kishi), Qozog'iston (617 ming kishi) va Rossiyadan (240 mingdan ortiq) kelgan.
"Bolshaya Aziya"da e'lon qilingan maqola xulosasida "O'zbekiston qadimiy shaharlari, me'moriy yodgorliklari, milliy taomlari va betakror tabiati bilan sayyohlarni o'ziga faol jalb qilmoqda. Tajribali sayohatchilar esa mamlakatga tashrif buyurish uchun eng yaxshi payt bahor va kuz fasli ekanligini tavsiya etadilar", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi