Buyuk Britaniya bo'ylab "O'zbekiston karvoni" nomli o'zbek madaniyati va taomlari festivali o'tkaziladi
May 27, 2025. 16:07 • 44 soniya
• 156
LONDON, 27-may. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 5-17-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning oltita shahrida "O'zbekiston karvoni" nomli o'zbek madaniyati va taomlari festivali bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur madaniy tadbir Edinburg, Manchester, Liverpul, Kardiff, Oksford va London kabi yirik shaharlarini qamrab oladi. "O'zbekiston karvoni" doirasida mehmonlarga milliy taomlar taqdim etiladi hamda O'zbekiston sayohat manzili sifatida tanishtiriladi.
Bu safarning maqsadi O'zbekistonning turistik salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etish, mamlakatimizga bo'lgan qiziqishni oshirish, hamda Buyuk Britaniya jamoatchiligi bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishdan iborat.
Tashabbus mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, Turizm qo'mitasi, Londondagi "OshPaz" o'zbek milliy taomlari restorani hamda mashhur shef-povar Baxriddin Chustiy tomonidan ilgari surilyapti.
"O'zbekiston karvoni" joriy yilning 21-22-iyun kunlari Londonning tarixiy markazi hamda turistlar orasida ommabop hisoblangan "Tower Bridge"da o'lib o'tagan "O'zbekiston madaniyati va milliy taomlari" festivalida ham taqdim etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi