O'monda O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan "Road Show" tadbiri bo'lib o'tdi
Iyul 08, 2025. 19:00 • 2 daq
• 76
MASKAT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyaning O'monga tashrifi doirasida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan tadbirlarni Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansamblining konserti boshlab berdi. Maskatdagi "Mall of Oman" savdo markazida bo'lib o'tgan konsert dasturi o'monliklar va xorijlik sayyohlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Yurtimiz delegatsiyasi tashrifi davomida "InterContinental Hotel" marosimlar zalida O'zbekiston turizm taqdimotiga bag'ishlangan "Road Show" tadbiri o'tkazildi. Undan O'zbekiston va O'monning turizm sohasi vakillari, turkompaniyalar va sayyohlik agentliklari rahbarlari qatnashdi.
Tadbir avvalida "Bahor" davlat raqs ansambli hamda joriy yil 23-25-aprel kunlari Xiva shahrida o'tkazilgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ishtirokchisi O'monning "Al-Shahbaa" guruhining konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Elchi Abdusalom Xatamov "Road Show" tadbirining ochilish qismidagi nutqida O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi aloqalarning buguni holati va istiqbollari haqida to'xtaldi. Yurtimizda barcha sohalarda kechayotgan so'nggi yangilanishlar, xususan sayyohlik yo'nalishini rivojlantirish, yangi mehmonxonalarni qurish, xorijlik turistlarga taqdim etilayotgan sharoitlar to'g'risida ma'lumot berildi.
O'zbekiston Turizm qo'mitasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan yurtimiz sayyohlik salohiyatga doir taqdimot o'monliklarda katta qiziqish uyg'otdi.
O'monda O'zbekiston turizm salohiyatini faol targ'ib qilib kelayotgan sayohatchi Nosir al-Nu'maniy yurtimizga qilgan tashriflari davomida olgan taassurotlari haqida so'zlab berdi. U, shuningdek, mamlakatimiz turizm salohiyati, yurtimizdagi o'zgarishlar, sayyohlarga bo'lgan hurmat va e'tibor hamda ikki davlatni o'zaro bog'lab turgan tarixiy rishtalarga to'xtaldi.
"Road Show" tadbiri doirasida O'zbekiston-O'mon sayyohlik kompaniyalari vakillari o'rtasida "V2V" shaklidagi uchrashuv tashkil etildi.
O'zbekiston Turizm qo'mitasi raisi Umid Shodiyev tashrif doirasida O'mon turizm vaziri Salim al-Mahruqiy va Savdo-sanoat palatasi boshqaruv kengashi raisining o'rinbosari Xamud al-Sa'diy bilan rasmiy uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda turizm sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, ikki davlat turizm idoralari o'rtasida anglashuv memorandumini imzolash va shu yil avgust oyida o'monlik tadbirkor ayollarning O'zbekistonga safarini uyushtirish masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi