Shvetsiyalik mashhur bloger O'zbekiston bo'ylab velosipedda sayohat qilmoqda
Iyul 14, 2025. 16:53 • 30 soniya
• 90
TOSHKENT, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyalik mashhur instabloger Anders Grandiyen velosipedda O'zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston bo'ylab velopoyga davomida u Nukus, Xiva va Buxoro kabi shaharlarida bo'ldi. Mazkur hududlarning sayyohlik salohiyati, tarixiy obidalari, mehmondo'st aholisi, milliy an'analari va taomlari haqida turkum videokontentlarni tayyorlab, o'z kuzatuvchilari e'tiboriga taqdim etdi.
Shvetsiyalik instabloger va velosayohatchi O'zbekistonga sayohatini tugatgach, qadimiy Buyuk ipak yo'li kesib o'tgan manzillar orqali Yaponiyaga borishni rejalashtirmoqda.
Anders Grandiyenning instagram sahifasida 95 mingga yaqin obunachi bor. Uning mamlakatimiz bo'ylab sayohatini esa 250 ming yaqin kishi kuzatib boryapti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi