Samarqand va Tel-Aviv shaharlari o'rtasida to'g'ridan to'g'ri aviaqatnovlar yo'lga qo'yildi
May 05, 2025. 14:24 • 57 soniya
• 204
TEL-AVIV, 5-may. /"Dunyo"AA/. "Air Samarkand" aiakompaniyasi Samarqand va Tel-Aviv yo'nalishidagi ilk to'g'ridan-to'g'ridan havo qatnovlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu tariqa, "Air Samarkand" Isroilga parvozlarni amalga oshirayotgan to'rtinchi O'zbekiston aviakompaniyasiga aylandi. Jumladan, ushbu yo'nalishda "Uzbekistan Airways", "Qanot Sharq" va "Centrum Air" kompaniyalari o'z qatnovlarini amalga oshiradi.
Tel-Avivdagi "Ben-Gurion" aeroportida mazkur yo'nalishda parvoz qilgan yo'lovchilarni kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda "Air Samarkand" aviakompaniyasining Isroildagi vakili va "Asia Travel" turistik kompaniyasi asoschisi Nissan Mushayev so'zga chiqdi.
"Ushbu yangi aviaqatnov fuqarolarga qulaylik yaratish bilan birga, ikki mamlakat o'rtasidagi turli yo'nalishlardagi aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. Samarqand endi Isroilga yana-da yaqin bo'ladi", dedi u.
"Air Samarkand" aviakompaniyasi mazkur yo'nalishda qatnovlarni dastlabki bosqichda haftada bir marta – har yakshanba kunlari amalga oshiradi. Shu yilning 10 iyul sanasidan boshlab esa har payshanba kuni qo'shimcha reys yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda.
Tantanali marosim va "Air Samarkand" parvozining amalga oshirilishi Isroilning qator ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Mahalliy media bu voqeani O'zbekiston va Isroil o'rtasidagi turizm, iqtisodiy hamkorlik va xalqlarimiz o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi navbatdagi muhim qadam sifatida baholamoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi