Logo

Misrlik mashhur tur-bloger O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi

May 26, 2025. 10:41 • 46 soniya

72
Misrlik mashhur tur-bloger O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qiladi

QOHIRA, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida misrlik mashhur tur-bloger Karim Abdulhamidning yurtimiz bo'ylab ijodiy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shu yilning 24-31 may kunlari bo'lib o'tayotgan safar dasturiga ko'ra, misrlik bloger O'zbekistonning sayyohlik, madaniy va gastronomik salohiyatini keng yoritishga qaratilgan maxsus tadbirlarda qatnashishi ko'zda tutilgan. U Toshkent shahri va Farg'ona vodiysidagi hunarmandchilik an'analari, qadimiy yodgorliklar va zamonaviy turistik markazlar hamda ularda ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida turkum reportajlarni tayyorlashi rejalashtirilgan. Shuningdek, Karim Abdulhamid Namangan shahrida boshlangan Xalqaro gullar festivalida ham ishtirok etadi.

Safar davomida tayyorlangan materiallar blogerning ijtimoiy tarmoqlaridagi ommabop sahifalarida e'lon qilinadi.

Karim Abdulhamidning "Facebook"dagi sahifasini bir vaqtning o'zida 70 mingdan kishi kuzatib boradi. Shuningdek, uning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalarini 6 milliondan ziyod kishi o'qish imkoniyatiga ega. Misrlik bloger o'z sahifalarida Yevropa, Osiyo va boshqa mintaqalardagi jozibador turistik obyektlar haqida qiziqarli maqolalar, videolar va suratlarni muntazam e'lon qilib keladi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish