Logo

Moskva shahrining markaziy ko'chalarida "O'zbekistonga xush kelibsiz" mavzusidagi videoroliklar namoyish etilmoqda

Noyabr 08, 2024. 09:39 • 45 soniya

187
Moskva shahrining markaziy ko'chalarida "O'zbekistonga xush kelibsiz" mavzusidagi videoroliklar namoyish etilmoqda

MOSKVA, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya poytaxti Moskva shahrining markaziy ko'chalarida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyish etilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur loyiha O'zbekiston elchixonasi tomonidan Moskva shahri hukumati ko'magida tashkil etildi.

Joriy yil oktabr va noyabr oylari davomida ko'rsatilayotgan videolavhalarda O'zbekiston hududlarining go'zalligi va sayyohlik salohiyati haqidagi ma'lumot o'rin olgan.

"O'zbekistonga xush kelibsiz" mavzusidagi videoroliklar Moskva aholisini yurtimizdagi qadimiy obidalar, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining boy merosi bilan yaqindan tanishtirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish