O‘zbekiston Prezidentining O‘monga davlat tashrifi yakunlandi

Noyabr 17, 2026. 18:41 • 55 soniya

• 112
O‘zbekiston Prezidentining O‘monga davlat tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘monga davlat tashrifi yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Masqat shahrida O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sammit doirasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi. Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, turizm, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan 30 dan ortiq hujjat imzolandi.

Iqtisodiy sohada 5 milliard dollarlik loyihalar to‘plami shakllantirildi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Masqat xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish