Maskat shahrida O‘zbekiston, O‘mon va Eron tashqi ishlar vazirlari uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi
Noyabr 17, 2026. 18:30 • 2 daq
• 77
TOSHKENT, 17-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Maskat shahrida O‘zbekiston, O‘mon va Eron tashqi siyosat idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Maskat shahrida O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidiy hamda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-logistika yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish va mavjud tranzit salohiyatidan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashib, mavjud keskinlikni diplomatik vositalar orqali bartaraf etish va tomonlar o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish zarurligini ta’kidladik.
Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish hamda mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni izchil davom ettirishga kelishib oldik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi