Moskva shahrining markaziy ko'chalarida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatiga oid videolavhalar namoyish etilmoqda
Aprel 24, 2025. 09:24 • 33 soniya
• 109
MOSKVA, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. Shu yilning mart oyidan buyon Rossiya poytaxtining markaziy ko'chalarida o'rnatilgan yirik ekranlarda mamlakatimizning turizm salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyish etilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Moskva shahridagi o'nta yirik ekranlar orqali ko'rsatilayotgan "O'zbekistonga xush kelibsiz" mavzusidagi videolavhalar 13 millionlik shahar aholisi va mehmonlarini yurtimizdagi qadimiy obidalar, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy kentlarimizning boy merosi bilan yaqindan tanishtirmoqda.
O'zbekiston elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha joriy aprel oyi oxirigacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston rossiyaliklar orasida qadimiy tarixi va boy merosi bilan o'ziga faol jalb etuvchi TOP-10ga kirgan ustuvor sayyohlik yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi