Polshaning Naklo-nad-Notesya shahrida "O'zbekistonni kashf et" mavzusida ko'rgazma bo'lib o'tdi
Mart 02, 2025. 12:34 • 54 soniya
• 66
NAKLO-NAD-NOTESYa, 2-mart. /"Dunyo" AA/. Polshaning Kuyavo-Pomorsk voyevodaligi Naklo-nad-Notesya shahar kutubxonasida "O'zbekistonni kashf et" mavzusida ko'rgazma tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ko'magida polshalik ekspert va tadqiqotchi Kshishtof Kriger tomonidan tashkil etilgan ko'rgazma mamlakatimiz turizm salohiyatini targ'ib qilishga bag'ishlandi.
Ko'rgazmaning ochilish marosimida yetakchi madaniyatshunos va san'atshunos olimlar, amaliy san'at ustalari, jurnalistlar va boshqalar ishtirok etdi. Yig'ilganlar O'zbekistonning boy tarixiy merosi va zamonaviy rivojlanishi haqidagi muhim ma'lumotlar bilan tanishdi.
Dunyoning turli burchaklariga sayohat qilgan Kshishtof Kriger O'zbekistonga qilgan safari taassurotlarini bo'lishdi. "O'zbekistonga sayohatim menda o'chmas taassurot qoldirdi. O'ziga xos madaniyat, o'zbek xalqining mehmondo'stligi, mazali milliy taomlari va afsonaviy shaharlar me'morchiligini ta'riflashga so'z ojiz", dedi u.
Sharq bilan G'arbni bog'lagan Buyuk ipak yo'lida muhim o'rin tutgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining sayyohlik salohiyatiga e'tibor qaratildi.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga startaplar sonining oshishi, raqamli xizmatlar rivoji va O'zbekistonni sayyohlar hamda tadbirkorlar uchun yana-da ochiq va qulay qilib borayotgan islohotlar xususida so'zlab berildi. Orol dengizi qurishi bilan bog'liq muammolar va ularni oldini olish qaratilgan O'zbekistonning ekologik tashabbuslari haqida to'xtalib o'tildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi