Kuvaytlik bloger O'zbekiston sayyohlik salohiyatini targ'ib qilmoqda
May 12, 2025. 17:14 • 57 soniya
• 86
AL-KUVAYT, 12-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida kuvaytlik taniqli sayohatchi-bloger Fotima Al-Mattarning O'zbekiston bo'ylab ijodiy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bloger O'zbekistonga qilgan safari davomida Toshkent, Samarqand va Shahrisabz kabi shaharlarimizda bo'ldi. Safar davomida u mazkur shaharlar aholisining turmush tarzi, sayyohlik salohiyati, diqqatga sazovor joylari va o'zbek milliy taomlarini tayyorlash jarayonlari haqidagi videoroliklarni suratga oldi. Fotima Al-Mattar yurtimiz go'shalari va milliy an'analarimizga bag'ishlangan roliklarini o'zning ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilib bordi. E'tiborlisi, ushbu videokontentlar kuzatuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan ko'rildi va boshqa platformalarda ham tarqatildi.
Fotima Al-Mattar turizm bo'yicha maslahatchi va "hello965" platformasining asoschisi hisoblanadi. U Ispaniyaning IE biznes maktabining magistrlik darajasiga ega. Hozirda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida, shu jumladan instagramda 317 ming obunachisi bor. Bloger o'zining "hello965" platformasida dunyo bo'ylab amalga oshirgan sayohatlari va ulardan olgan taassurotlari haqidagi materiallarni e'lon qilib boradi. Ushbu platforma sayohatchilarni ruhlantirish va ularga ko'maklashish maqsadida turli maslahatlar, g'oyalar va sayyohlik yo'nalishlari bo'yicha foydali ma'lumotlarni taqdim etadi.
Kuvaytlik taniqli bloger Fotima Al-Mattarning yurtimizga bo'lib o'tgan ijodiy sayohati Ko'rfaz arab davlatlari va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida O'zbekiston sayyohlik salohiyatini keng targ'ib qilish va turistlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi