Budapeshtda O'zbekistonning turizm imkoniyatlari targ'ibotiga bag'ishlangan "Road show" tadbiri tashkil etildi
Iyun 20, 2025. 10:09 • 40 soniya
• 74
BUDAPESHT, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan "Road-show" tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekistondan kelgan turizm sohasi vakillari va Vengriya sayyohlik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Vengriya tomoni uchun O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maxsus taqdimot o'tkazildi. Unda yurtimizning tarixiy shaharlari, ekologik turizm, milliy an'analar va sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ikki mamlakat sayyohlik sohasi vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan B2B shaklidagi uchrashuv o'zaro sheriklikni yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ishtirokchilar mamlakatlarimiz o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari, yangi yo'nalishlar va sayyohlik xizmatlari almashinuvi bo'yicha fikr almashildilar.
Vengriya tomoniga ko'ra, bo'lib o'tgan tadbir O'zbekiston va Vengriya o'rtasida turizm sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va yurtimizga sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.
"Road-show" tadbiri yakunida yig'ilganlar uchun o'zbekona dasturxon yozilib, palov va boshqa milliy taomlarimiz ulashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi