Malayziyada bo'lib o'tadigan xalqaro ko'rgazma va festivallarda O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati targ'ib qilinadi
May 15, 2025. 09:14 • 52 soniya
• 83
KUALA-LUMPUR, 15-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida Butunjahon ziyorat turizmi va savdo ko'rgazmasi va Butunjahon madaniyat va san'at festivali tashkiliy qo'mitasi raisi Mohd Xalid Xarun bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida O'zbekistonning ziyorat turizm salohiyati va boy madaniy merosini Malayziyada keng targ'ib qilish, ikki mamlakat turkompaniyalari o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatish orqali respublikamizga sayyohlar oqimini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi.
Malayziya tomoni so'nggi yillarda O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, jumladan zamonaviy sayyohlik infratuzilmasini yaratish bo'yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar, musulmon mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirildi.
O'zbekiston hududlari va poytaxt Toshkent shahrida mavjud turizm dasturlari, jumladan "ziyorat turizmi", "Umra+", "madaniy turizm", "gastroturizm", "qishki turizm" kabi turpaketlar malayziyaliklar orasida keng targ'ibot qilinayotgani ta'kidlandi.
Tomonlar shu yilning 22-24-avgust kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon ziyorat turizmi va savdo ko'rgazmasi hamda Butunjahon madaniyat va san'at festivalida O'zbekiston turizm salohiyati va madaniyatini keng targ'ib qilish bo'yicha taklifni qo'llab-quvvatladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi