Londonda O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan targ'ibot kampaniyasi boshlandi
May 28, 2024. 07:51 • 46 soniya
• 180
LONDON, 28-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Britaniyadagi elchixonasi tomonidan London shahrida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan targ'ibot kampaniyasi yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Loyiha O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, turizm qo'mitasi va Britaniyadagi faol vatandoshlar tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Targ'ibot kampaniyasi dorisida, Londonda 15 dan ortiq yo'nalish bo'ylab harakatlanadigan 50 ta mashhur va ommabop "Double decker"larda hamda 6 ta eng gavjum Pikadelli, Lester, Stratford, Tottenxem-Kort metro bekatlarining kirish va chiqish joylarida "O'zbekistonga xush kelibsiz", "O'zbekiston Londonga kelmoqda" shiorlari ostida reklama bannerlari, shuningdek, mamlakatimizning muhim sayyohlik yo'nalishlari, qadimiy va zamonaviy me’morchilik obidalari hamda betakror tabiati aks ettirilgan videoroliklar joylashtirildi.
Ular London aholisi hamda mahalliy va xorijiy sayyohlarni joriy yilning 8-9-iyun kunlari "Potters Filds" parkida o'tkazilishi rejalashtirilgan "O'zbekiston madaniyati va milliy taomlari" festivaliga chorlamoqda.
Buyuk Britaniya jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg'otayotgan ushbu aksiya 2-iyunga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi