Polshadan munosabat: O'zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik bizda katta taassurot qoldirdi
Iyun 19, 2024. 17:14 • 2 daq
• 66
VARSHAVA, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Mazoviya viloyatining Sedlse shahrida general Vladislav Anders xotirasiga bag'ishlangan motorallining tantanali yopilish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda, shuningdek, Farg'ona viloyati Oltiariq tumani delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi.
Mazkur motoralli 2023-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Bu yilgi rallida 34 nafar polshalik ishtirokchi qatnashdi. Ularning 26 tasi mototsiklda va 2 tasi esa avtomobilda Ostona–Toshkent yo'nalishida harakatlandi.
Diplomatik missiya rahbari Amirsaid Agzamxo'djayev motoralli yakuniga bag'ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida, O'zbekiston–Polsha hamkorligining bugungi holati va istiqbollari to'g'risida batafsil so'zlab berdi. Xususan, general Vladislav Anders, Urganch shahrida tug'ilgan qo'shiqchi va bastakor Anna German hamda tarixchi va etnograf Leon Barshevskiyning ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishdagi o'rni alohida qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyati bilan tanishib, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuzasidan to'liq ma'lumot olishdi.
Mehmonlar e'tiboriga mamlakatimiz madaniyati va turizmini targ'ib qiluvchi videoroliklar taqdim etildi hamda "O'zbekistonga sayohat" nomli broshyuralar tarqatildi va o'zbek milliy taomlari tortiq qilindi.
Voychex Borjim, Droxichina meri:
– O'zbekiston bizni o'zining serquyosh muhiti va mehmondo'stligi bilan kutib oldi. O'zbeklarning mehri, hattoki suv, choy, yegulik va noz-ne'matlar bilan bo'lishishlaridan delegatsiyamiz lol qoldi.
Polsha fuqarosi sifatida mening yurtim O'zbekistondek davlat bilan ikki tomonlama madaniy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa yo'nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishi zarur deb hisoblayman.
Bunday tadbirlarni har yili o'tkazishni niyat qilganmiz. Ushbu tadbir, shuningdek, O'zbekistonning boy madaniyati va turizm sohasida erishgan yutuqlarini Yevropada keng targ'ib qilishga xizmat qiladi va bunda mening hissam qo'shilishidan bag'oyat xursandman.
Bernard Leoniak, poyga ishtirokchisi:
– Mazkur poygada qatnashib, ikkinchi bor O'zbekistonda bo'lish sharafiga muyassar bo'ldim. Mamlakatingiz haqida taassurotlarim nihoyatda ko'p. Milliy taomlaringiz shu qadar mazaliki, ularning lazzatli ta'mi hanuz tilimda.
Biz o'zbekistonliklarning yuzida quvonch va shodlikni ko'rdik. Ushbu tinch va osoyishta muhit bizda katta taassurot qoldirdi. Go'zal mamlakatingiz bizni doimo o'ziga chorlaydi. Barchaga O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishni tavsiya etaman.
Mixail Szeliga, general Ani Anderson xotirasiga bag'ishlangan motoralli rahbari:
– O'zbekistonda ikkinchi marta bo'lishim. Bir haftalik sayohat bizda katta taassurot qoldirdi. Yurtingizdagi qadimiy qadamjolar va turistik manzillar menga juda yoqdi. Qolaversa, polyaklar xoki qo'yilgan qabristonlarni ziyorat qildik. Vatandoshlarimiz yotgan joylarni obod qilish bo'yicha amalga oshirilgan ishlarni alohida ta'kidlash kerak. Ajdodlarimiz xotirasiga ko'rsatilayotgan ulkan hurmat-e'tibor uchun o'zbek xalqiga minnatdorlik bildiramiz.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi