O'zbekiston elchisi Polsha milliy mudofaa vaziri o'rinbosari bilan hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildi
Dekabr 20, 2024. 16:46 • 36 soniya
• 131
VARSHAVA, 20-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha milliy mudofaa vazirining o'rinbosari Pavel Beyda bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki davlat o'rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir o'rinbosari Pavel Beyda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, qo'shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratish muhimligini va Polsha O'zbekistonning mudofaa salohiyatini rivojlantirishga hissa qo'shishga tayyorligini ta'kidladi.
Tomonlar, shuningdek, ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuv yakunida, Polshaning xorijiy sheriklar, shu jumladan, O'zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishi mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib qolishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi