O'zbekiston Niderlandiyaning yetakchi innovatsion tadqiqot markazlari bilan aloqalarni kengaytiradi
Iyun 26, 2024. 07:40 • 35 soniya
• 114
UTREXT, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi G'ayrat Fozilov Niderlandiyaga tashrifi davomida Utrext ilmiy parki fondi boshqaruvchi direktori Yan Xenk van der Velden bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida O'zbekiston va Niderlandiya oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Utrext ilmiy parki o'rtasida akademik hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi.
Fond rahbari O'zbekistonning tegishli manfaatdor muassasalari vakillarining mazkur Ilmiy park tomonidan tashkil etiladigan Utrext fan haftaligi va shunga o'xshash boshqa mavzuli tadbirlarda ishtirok etishga taklif qildi.
Niderlandiya tomoni, shuningdek, o'zbekistonlik tadqiqotchilar va Utrext ilmiy parki olimlari o'rtasida o'zaro ustuvor yo'nalishlarda amaliy aloqalarni o'rnatishga ko'maklashishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi