O'zbekiston Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti bilan gidrometeorologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
May 17, 2025. 13:38 • 54 soniya
• 188
SANKT-PETERBURG, 17-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonaci xodimlari Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti (RDGMU) rektori Valeriy Mixeyev hamda ushbu oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rektor Valeriy Mixeyev bilan kechgan suhbatda Rossiyadan ta'lim grantlarini jalb qilish, birgalikda gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va akademik almashinuvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O'zbekistonlik talabalar bilan kechgan muloqotda yurtimizda kechayotgan yangilanishlar, xususan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zlab berildi. Shuningdek, vatandosh talablarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Diplomatlar RDGMUga tashrif davomida xorijiy talabalarning o'qishi va bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishi bo'yicha yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdilar.
1930-yilda tashkil etilgan RDGMU Rossiyadagi yagona gidrometeorologiya sohasi bo'yicha oliy ta'lim muassasasi sanaladi. Mazkur universitet O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, G'ani Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, "O'zLITIneftegaz" AJ, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik bitimlarini imzolagan.
Hozirgi kunda ushbu universitetda O'zbekistonning 183 nafar fuqarosi bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi