Anqarada O'zbekiston va Turkiya parlamentlararo aloqalarini yanada jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi
Iyul 20, 2025. 13:32 • 2 daq
• 529
ANQARA, 20-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida "Turkiya-O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi raisi, Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) a'zosi Osman Mesten boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda, shuningdek, Turkiya Parlamentidagi "Turkiya-Ozarbayjon" do'stlik guruhi raisi Shamil Ayrim, deputatlar Nurettin Alan, Mustafa Hakan O'zer, Sayin Bayar O'zsoy va boshqalar ishtirok etdi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi strategik aloqalar jadal rivojlanib borayotgani ta'kidlangan holda, ikki mamlakat parlamentlari o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Parlamentlar faoliyati samaradorligini oshirishda o'zaro tajriba almashish masalasiga ham alohida e'tibor qaratildi.
"Ota yurtimiz bo'lmish O'zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik tobora faollashayotgani "Turkiya – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi raisi sifatida meni juda xursand qiladi", – dedi do'stlik guruhi raisi Osman Mesten.
"Turkiya-Ozarbayjon" do'stlik guruhi raisi Shamil Ayrim o'z navbatida, Turkiya va O'zbekistonning Ozarbayjon bilan yaqin hamkorlik aloqalarini inobatga olgan holda "Turkiya-Ozarbayjon-O'zbekiston" do'stlik guruhi yig'ilishini o'tkazish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuv davomida, shuningdek, ikki tomonlama madaniy-gumanitar sheriklikni, jumladan, ta'lim sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, atoqli o'zbek adiblarining asarlarini turk tiliga tarjima qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Chunonchi, deputat Nurettin Alanning kelajak avlodlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida "Turkiya-O'zbekiston ertaklari" turkumidagi kitobni yaratish va nashr etish taklifi qo'llab-quvvatlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi