Logo

Ashxobodda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Iyul 19, 2025. 14:26 • 31 soniya

186
Ashxobodda O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi

ASHXOBOD, 19-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Myaxri Bashimova bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.


Xalqaro tashkilotlar va ko'p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o'zaro aloqalar, mintaqaviy va global tashabbuslar yuzasidan fikrlar almashildi.


Suhbat chog'ida, shuningdek, 2025-yil 4-8-avgust kunlari Turkmanistonning "Avaza" milliy turistik zonasida bo'lib o'tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar"ga bag'ishlangan uchinchi konferensiyasida O'zbekiston delegatsiyasining ishtiroki oid masalalar ham ko'rib chiqildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish