Berlinda O'zbekiston va Germaniya o'rtasidagi moliyaviy-texnikaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Sentabr 14, 2025. 10:34 • 33 soniya
• 131
BERLIN, 14-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar yuqori baholandi. Mamlakatlarimiz o'rtasida tizimli yo'lga qo'yilgan moliyaviy-texnikaviy hamkorlik va uning doirasida hayotga tatbiq etilayotgan ijtimoiy yo'nalishdagi yirik investitsiyaviy loyihalar e'tirof etildi.
Suhbat chog'ida o'zaro manfaatli aloqalarni yana-da faollashtirish va kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Joriy yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan moliyaviy va texnik hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlarining ahamiyati alohida ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi