Logo

Britaniya ta'lim tashkiloti bilan istiqbolli yo'nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

Oktabr 04, 2024. 16:32 • 47 soniya

223
Britaniya ta'lim tashkiloti bilan istiqbolli yo'nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

LONDON, 4-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "International Foundation Group – IFG" tashkilotining akademik masalalar bo'yicha bosh direktori Maykl Eddison bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida Maykl Eddison "IFG" faoliyati haqida so'zlab berdi. Ma'lum qilinishicha, hozirgi kunda tashkilot o'z brendi asosida ta'lim yo'nalishining ustuvor sohalarida yangiliklar ustida ish olib bormoqda. 


Britaniya vakili O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlarni va yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholash barobarida, kelgusida o'zbek tomoni bilan hamkorliklarni yo'lga qo'yishdan manfaatdorligini bildirdi.


"IFG" tashkilot Britaniyada ta'sis etilgan bo'lib, u mazkur mamlakatda joylashgan nufuzli universitetlarga kirish uchun tayyorlov dasturlarini taqdim etadi. Tashkilot "Russel Group" tizimiga kiruvchi oliy ta'lim muassasalari va universitet bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan. Uning London va Abu-Dabi shaharlarida kampuslari mavjud. Shuningdek, Turkiya, Nigeriya, Gana, Iroq, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, Misr va Mo'g'uliston kabi mamlakatlarda ta'lim markazlari faoliyat yuritmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish