Logo

Budapesht shahrida O'zbekiston va Vengriya huquq-tartibot idoralari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

Noyabr 07, 2024. 10:42 • 31 soniya

110
Budapesht shahrida O'zbekiston va Vengriya huquq-tartibot idoralari o'rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

BUDAPESHT, 7-noyabr. /"Dunyo" AA/.  O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya ichki ishlar vaziri Shandor Pinter bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat chog'ida ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligi, migratsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.


Vengriya tomoni mamlakat Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo'yicha bosh maslahatchisi Marsel Bironing joriy yil O'zbekistonga tashrifi chog'ida erishilgan barcha kelishuvlarni amaliy amalga oshirish tarafdori ekanligini bildirdi.


Uchrashuv konstruktiv va do'stona ruhda o'tgani tomonlarning o'zaro hamjihatlik hamda sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish tarafdori ekanidan dalolatdir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish