Saudiya Arabistoni Migratsiya Bosh boshqarmasining Jidda va Makka shaharlari rahbari bilan O'zbekiston fuqarolari duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi
Sentabr 13, 2025. 13:14 • 53 soniya
• 149
JIDDA, 13-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Migratsiya Bosh boshqarmasining Jidda va Makka shaharlari rahbari, general Faysal bin Muhammad ar-Rojihiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida tomonlar so'nggi yillarda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi do'stona va o'zaro manfaatli hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanayotgani qayd etishdi.
Ta'kidlanganidek, Saudiya Arabistoniga kelish uchun onlayn Umra, biznes va sayyohlik vizalarini olish osonlashtirilgani natijasida so'nggi yillarda Umra ziyoratiga kelayotgan O'zbekiston fuqarolarining soni tobora ortmoqda.
General Faysal bin Muhammad ar-Rojihiy, Bosh konsulxona vakillarining Saudiya tomoni bilan doimiy aloqada bo'lib, O'zbekiston fuqarolari uchun Jidda xalqaro aeroportida viza rasmiylashtirishda ko'rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Muloqot chog'ida Saudiya Arabistoniga noqonuniy yo'llar bilan kelayotgan O'zbekiston fuqarolarga huquqiy maslahatlari berish, noqonuniy firmalarni ogohlantirish va boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi.
Makka shahrida joylashgan "ash-Shumaysiya" deportatsiya markazida saqlanayotgan vatandoshlarga qisqa muddatlarda O'zbekistonga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish va ularni yurtimizga qaytarish taklifi qo'llab-quvvatlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi