XAEA bosh direktori Rafael Grossi: O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim hamkor
Noyabr 24, 2023. 12:13 • 2 daq
• 539
VЕNA, 24-noyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning Avstriyadagi elchisi Baxtiyor Ibragimov Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Mariano Grossiga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Marosim doirasida bo'lib o'tgan suhbat chog'ida ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Rafael Grossi XAEA O'zbekistonga atom energetikasini rivojlantirish, yadro fani va texnologiyalaridan xavfsiz foydalanishda bundan buyon ham yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
U, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning faol dinamikasini yuqori baholadi va XAEA bo'linmalarining O'zbekiston tashkilotlari bilan o'zaro hamkorligidan yaxshi xabardor ekanini bildirdi.
Bosh direktor O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi alohida o'rnini qayd etish barobarida, XAEAning «Umid nurlari» tashabbusi doirasida respublikada onkologik yordam ko'rsatish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini qayd etdi.
Tomonlar XAEA tashabbusi bilan o'tkazilgan anjumanlarda O'zbekistondan ko'plab mutaxassislar ishtirok etib, katta tajriba to'plaganini alohida ta’kidlashdi.
Rafael Grossi XAEA O'zbekistonning kadrlar salohiyatini oshirish va qo'shma tadbirlar o'tkazishga ko'maklashish orqali hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini ham bildirdi.
Eslatib o'tamiz, elchi Baxtiyor Ibragimov Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi, shuningdek, u shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to'g'risidagi shartnoma tashkiloti hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) huzuridagi O'zbekistonning doimiy vakili sifatida rasman akkreditatsiyadan o'tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi