Logo

Britaniyaning nufuzli ta'lim tashkiloti O'zbekistonda xususiy maktablarni rivojlantirishga ko'maklashadi

Sentabr 25, 2025. 12:05 • 44 soniya

62
Britaniyaning nufuzli ta'lim tashkiloti O'zbekistonda xususiy maktablarni rivojlantirishga ko'maklashadi

LONDON, 30-sentyabr. /"Dunyo" AA/.  O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "Dukes Education" tashkiloti direktori Tim Fish bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Dukes Education" rahbari muzokaralar avvalida O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshiralayotgan islohotlar e'tirof etdi. Shuningdek, u tashkilot faoliyati, jumladan kompaniya huzuridagi maktablar va ta'lim muassasalari imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berdi.

Muloqot yakunida kompaniya va yurtimizning mutasaddi idoralari, qolaversa xususiy maktablar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

"Dukes Education" 2015-yilda Britaniyada tashkil etilgan bo'lib, u mamlakatdagi eng nufuzli xususiy ta'lim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Tashkilot maktablar, kollejlar, bog'chalar va ta'lim markazlarini qamrab oladi. Xususan, uning tarkibida 30 dan ortiq ta'lim muassasalari mavjud. "Cardiff Sixth Form College", "Oxford Sixth Form College", "Rochester Independent College", "Fine Arts College" shular jumlasidandir.

Kompaniyaning Buyuk Britaniya, Shveysariya, Irlandiya, Ispaniya hamda Portugaliyada maktablari mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish