Jidda shahridagi buxoriylar diasporasining faol xotin-qizlari bilan birgalikda sumalak tayyorlandi
Fevral 12, 2024. 12:24 • 58 soniya
• 230
JIDDA, 12-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan buxoriylar diasporasi faol xotin-qizlari bilan birgalikda sumalak bazmi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Saudiya Arabistonida turli sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan faol o'zbek ayollari, xususan Podshoh Abdulaziz nomidagi universitet va «Ummul Quro» universiteti professor-o'qituvchilari, O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi diplomatlari oila a'zolari qatnashdi.
Sumalak bazmi ishtirokchilariga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta'lim sohasidagi o'zgarishlar, mamlakatimizning iqtisodiy va turistik salohiyati hamda milliy bayramlarimiz, o'zbek milliy taomlari, xususan sumalak pishirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbir doirasida, buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlangan "Navoiyni anglash – ma'naviyatni anglashdir!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O'zbekistonda Navoiy merosini o'rganish va ilmiy tadqiq, alloma asarlarini tarjima qilish va ularni bugungi avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so'zlab berildi.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari 2023-yil noyabr oyida Samarqandda bo'lib o'tgan "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha O'zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar tajribasi" mavzusidagi xalqaro forum yakunlarini yuqori baholadilar.
Xususan, buxoriylar diasporasi vakillari O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ayollarning o'rni alohida e'tiborga loyiq ekanligini ta'kidlab, respublikada xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida qayd etishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi