O'zbekistonda bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi islohotlar Xitoyda e'tirof etildi
Iyun 10, 2024. 09:31 • 2 daq
• 295
PEKIN, 10-iyun /"Dunyo" AA/. Pekinda XXR Tashqi ishlar vazirligi va Xitoy Sun Szin Lin fondi hamkorligida 1-iyun — xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bayram kechasida Pekinda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning 400 ga yaqin vakillari o'z oila a'zolari va farzandlari bilan birgalikda ishtirok etib, maxsus spektakllar, turli xil fan va madaniy dasturlarni tomosha qildilar.
"Bolalarni himoya qilish kuni, umumiy quvonch" shiori ostida o'tkazilgan tadbirda Xitoy Sun Szin Lin fondi raisi o'rinbosari – partiya kotibi Shen Beyli va Tashqi ishlar vazirligi protokol departamenti bosh direktori Xun Ley ishtirokchilarni tabrikladilar.
Mamlakatimiz elchixonasi vakillari mehmonlarni O'zbekistonda 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini nishonlan, so'nggi yillarda yurtimizda bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ularning ma'naviy va jismoniy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda erishilgan ijobiy natijalar bilan batafsil tanishtirdilar.
Bayram kechasidagi bolalarning ajoyib chiqishlari, ular ijrosidagi rang-barang kuy-qo'shiq va maftunkor raqslar barchada xushkayfiyat ulashdi.
Tadbir chog'ida, Xitoy TIV vakili Xun Ley ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganligini hamda O'zbekiston–Xitoy xalqlari o'rtasida samarali almashinuvlarni e'tirof etdi.
O'z navbatida, ikki mamlakat xalqlari o'rtasidagi do'stlik munosabatlarini yanada rivojlantirishda yoshlar o'rtasidagi muloqotning muhimligini ta'kidlangani holda bu yilgi yoz mavsumida Xitoy yoshlari mazmunli hordiq chiqarishlari hamda qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini tomosha qilishlari uchun O'zbekistonga taklif etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi