Londonda O'zbekistonning suveren kredit reytingini yana-da yaxshilash istiqbollari muhokama qilindi
Sentabr 09, 2025. 11:40 • 42 soniya
• 80
LONDON, 9-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov London Savdo-sanoat palatasi prezidenti Maykl Maynelli va "Fitch Ratings" agentligining suveren va xalqaro tashkilotlar reytingi bo'yicha boshqaruvchi direktori Jeyms Longsdon bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Britaniya vakillari, muloqot avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini va ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatini yuksak baholadi.
Maykl Maynellining aytishicha, London Savdo-sanoat palatasiga 1881-yilda asos solingan. Mazkur tashkilot a'zo kompaniyalarga trening, bozor ma'lumotlari, xalqaro savdo hujjatlari, arbitraj va hamkorlik imkoniyatlarini o'z ichiga olgan biznes xizmatlarini ko'rsatadi.
Uchrashuvda London Savdo-sanoat palatasi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda mamlakatimiz kompaniyalari o'rtasida hamkorlik o'rnatish taklifi bildirildi.
Shuningdek, O'zbekistonning suveren kredit reytingini yana-da yaxshilash istiqbollari xususida fikr almashildi. "Fitch" tomonidan O'zbekiston suveren reytingining oshirilishi respublikada olib borilayotgan tub islohotlarning xalqaro maydondagi e'tirofi ekanligi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi