Londonda "Buyuk ipak yo'li afsonalari" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi
Iyun 15, 2025. 11:22 • 44 soniya
• 158
LONDON, 15-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyadagi "To'maris" ayollar birlashmasi hamkorligida jamoat arbobi, tadbirkor, ssenarist va yozuvchi Gulchexrabegim Maxmudovaning "The Legends of Great Silk Road" ("Buyuk ipak yo'li afsonalari") kitobining taqdimot marosimi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur tadbir mamlakatimizning boy tarixiy merosi, madaniy qadriyatlari va Ipak yo'li sivilizatsiyasini keng jamoatchilikka tanitish maqsadida tashkil etildi. Taqdimotda Britaniyadagi faol o'zbek diasporasi a'zolari, mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"The Legends of Great Silk Road" asari Ipak yo'li bilan bog'liq afsonalar, tarixiy voqealar, madaniy aloqalar va ma'naviy qadriyatlarning badiiy talqinini o'z ichiga olgan.
Kitob xalqaro auditoriya uchun ingliz tilida chop etilgan bo'lib, u O'zbekistonni jahon madaniy xaritasida yanada kengroq namoyon etishga xizmat qiladi.
O'zbekiston elchixona va "To'maris" birlashmasi o'rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan mazkur madaniy tadbir Britaniya jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi