O'zbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli o'z vazifasiga kirishdi
Yanvar 26, 2024. 14:45 • 57 soniya
• 1464
DUBAY, 26-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Dubay shahrida yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo'limi direktori Shayx Maktum bin Butti Al Maktum bilan uchrashdi va konsullik patentini qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Shayx Al Maktum yangi tayinlangan bosh konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chog'ida O'zbekiston va BAA o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo'jaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida o'zaro hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Tomonlar O'zbekiston va BAA fuqarolarini o'zaro viza talablaridan ozod qilish to'g'risidagi bitim imzolangani so'nggi yillarda ikki davlat erishgan o'zaro anglashuvning yuksak darajasi va hamkorlikni yana-da rivojlantirishdan manfaatdorlikning tasdig'i ekanligini qayd etishdi.
Eslatib o'tamiz, yangi bosh konsul 44 yoshda. U Dubayga tayinlanishidan avval 2018-2023 yillarda O'zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli bo'lib ishgan. Kamol Ikromov mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulligiga 2019-2024 yillarda rahbarlik qilgan Alisher Salomov o'rniga tayinlandi.
O'zbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Ajman, Um al-Kuveyn va Fujayra amirliklari kiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekistonning yangi elchisi Daniya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
UNWTOning 50-yillik tarixida tashkilotni ilk bor ayol kishi boshqaradi
O'zbekistonning Turkiyaga yangi tayinlangan elchisi Anqaraga yetib keldi
O'zbekiston elchisi Oliy Majlis Senati qo'mitasi raisi etib tayinlandi
O'zbekiston elchisi Finlyandiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi