Logo

O'zbekiston elchisi Yaponiya mudofaa vazirining o'rinbosari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

May 15, 2025. 15:51 • 33 soniya

132
O'zbekiston elchisi Yaponiya mudofaa vazirining o'rinbosari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

TOKIO, 15-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya mudofaa vazirining o'rinbosari Taro Xonda bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Yaponiya o'rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 Suhbatdoshlar O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar hamda imzolangan hujjatlar ikki davlat mudofaa idoralari hamkorligini rivojlantirishda mustahkam poydevor bo'lganligini ta'kidladilar.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va Yaponiya Mudofaa vazirliklari o'rtasida kiberxavfsizlik, IT va boshqa o'zaro manfaatli yo'nalishlarda aloqalarni jadallashtirishga kelishildi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida doimiy aloqalarni davom ettirish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish