O'zbekiston elchisi Ruminiya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
Dekabr 07, 2024. 13:04 • 52 soniya
• 1099
VARSHAVA, 7-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Polshadagi elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Ana Tinkaga Ruminiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchi sifatidagi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ruminiya protokoliga ko'ra, ishonch yorliqlari nusxalarini topshirish marosimi videokonferensiya shaklida bo'lib o'tdi.
Onlayn muloqot chog'ida Ana Tinka ikki tomonlama munosabatlar yuksak darajada ekanini alohida ta'kidladi va yaqinda Buxarestda bo'lib o'tgan O'zbekiston-Ruminiya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasining muvaffaqiyatlarini qayd etdi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar qo'llab-quvvatlanib, siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish muhimligi ta'kidlandi.
Tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar hamda hududlararo aloqalarni yo'lga qo'yish muhimligini qayd etdilar.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha 2025-yilda turli darajadagi tashriflar, jumladan, hukumatlararo kengashlar majlislarini o'tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Eslatib o'tamiz, Amirsaid A'zamxo'jayev Varshavaga 2023-yilning noyabr oyida tashrif buyurib, O'zbekistonning Polshadagi elchisi sifatida o'z faoliyatini boshlagan edi. U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamentida, O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi konsuli bo'lib ishlagan, 2020-yildan beri esa Bosh konsulxonaga rahbarlik qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi