O'zbekiston elchisi Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashdi
Sentabr 14, 2025. 08:40 • 42 soniya
• 76
TOKIO, 14-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya adliya vaziri, Yaponiya parlamentining O'zbekiston bilan do'stlik ligasi ijro qo'mitasi raisi Keysuke Suzuki bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida Keysuke Suzuki O'zbekiston va Yaponiyani uzoq yillik tarixga ega o'zaro ishonch va do'stlik rishtalariga asoslangan aloqalar bog'lab turishi ta'kidlandi. Hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda Yaponiya uchun O'zbekiston muhim strategik hamkor mamlakat ekani bildirildi.
"Shu yil may oyida O'zbekistonga amalga amalga oshirgan tashrifim juda samarali bo'ldi. Tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar natijasida Yaponiya hukumati 2026-аyilda ilk bor Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlari yig'ilishini o'tkazishni rejalashtirmoqda", – dedi u.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi keng qamrovli o'zaro aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo'yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi