Logo

O'zbekiston elchixonasi Isroilda bo'lib turgan vatandoshlarimizdan zudlik bilan ehtiyot choralarini ko'rishni so'ramoqda

Iyun 13, 2025. 10:36 • 48 soniya

53
O'zbekiston elchixonasi Isroilda bo'lib turgan vatandoshlarimizdan zudlik bilan ehtiyot choralarini ko'rishni so'ramoqda

TEL-AVIV, 13 iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ushbu mamlakatda bo'lib turgan vatandoshlarimizga murojaat yo'lladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Isroil Davlatida istiqomat qilayotgan O'zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!!!

Hurmatli O'zbekiston Respublikasi fuqarolari!

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O'zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko'rishni qat'iy tavsiya qiladi:

1. Raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kiring.

2. Isroil hukumati va O'zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo'mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qiling.

3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O'zbekiston elchixonasining aloqa ma'lumotlarini doimo o'zingiz bilan olib yuring.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo'lsa, O'zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:

• Favqulodda yordam telefonlari :

 03-672-2466;

 03-672-2371;

 03-758-5075;

 03-758-5076.

• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

 054 485 1397.

• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

Фото с сайта "Londonist"

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish