Logo

Turkmaniston tadbirkor xotin-qizlari O'zbekistonning eksport va investitsiyaviy salohiyati bilan tanishdi

May 14, 2025. 10:55 • 39 soniya

157
Turkmaniston tadbirkor xotin-qizlari O'zbekistonning eksport va investitsiyaviy salohiyati bilan tanishdi

ASHXOBOD, 14-may. /"Dunyo" AA/. Turkmaniston poytaxtida O'zbekistonning eksport va investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan taqdimoti o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Altyn Inne" jurnali tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur anjumanda Turkmanistonning yetakchi tadbirkor ayollari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz elchixonasi xodimlari tomonidan O'zbekistonning eksport salohiyati va investitsiya imkoniyatlariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi. Unda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sanoat mahsulotlari va xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imtiyozlar to'g'risida so'zlab berildi.

Shuningdek, yig'ilganlar e'tiboriga O'zbekiston eksportchi korxonalarining tijorat takliflari va mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiyaviy loyihalar bo'yicha ma'lumotlar taqdim qilindi.

Tadbir doirasida taniqli turkman dizayneri Avaza Muxammetniyazovaning o'zbek va turkman milliy liboslaridan iborat modalar namoyishi hamda Xoshgeldi Garajayevning O'zbekistonning sayyohlik va diqqatga sazovor joylariga bag'ishlangan fotoko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish