Logo

Rossiya OAV: O'zbekistonda davlat xizmatini tubdan o'zgartirish bo'yicha muhim islohotlar amalga oshiriladi

Iyun 23, 2025. 15:56 • 57 soniya

54
Rossiya OAV: O'zbekistonda davlat xizmatini tubdan o'zgartirish bo'yicha muhim islohotlar amalga oshiriladi

MOSKVA, 23-iyun. / "Dunyo" AA/. Rossiyaning "TASS" axborot agentligi Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatini tubdan isloh qilishni nazarda tutuvchi yangi farmonni imzolangani haqidagi maqolani e'lon qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda yozilganidek, farmon O'zbekiston qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi – "Lex.uz"da e'lon qilingan.

"Transformatsiyaning asosiy elementi davlat lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo'yicha yagona raqamli portalni joriy etish bo'ladi. Barcha tanlovlar ochiq formatda – test sinovlari, ekspertlar ishtirokida va shikoyat qilish imkoniyati bilan o'tkaziladi. Aloqalar emas, balki kompetensiya ustuvor hisoblanadi",– deyiladi hujjatda.

Shuningdek, Agentlik ta'kidlaganidek, natijada zamonaviy, samarali, professional va shaffof ishlaydigan boshqaruv tizimi yaratilishi kerak. Davlat xizmatining yangi tizimi mansabdor shaxslarni doimiy qayta tayyorlash, ularning faoliyatini KPI bo'yicha baholash, jumladan, IQ, faoliyat sohasi bo'yicha bilim, boshqaruv va kommunikativ ko'nikmalar, raqamli savodxonlik hamda xorijiy tillarni bilish darajasini diagnostika qilishni nazarda tutadi.

"Bundan tashqari, 100 nafar iqtidorli menejer va yetakchilar, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va saralash bo'yicha "TOP-100" dasturi joriy etiladi. Uning g'oliblari xorijiy stajirovkalarga yuboriladi va ular rahbarlik lavozimlarini egallash imkoniyatiga ega bo'ladi", – deb yozilgan material xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish