Logo

Toshkent va Ashxobod shaharlari o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Oktabr 15, 2025. 19:58 • 47 soniya

232
Toshkent va Ashxobod shaharlari o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

ASHXOBOD, 19-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov va Ashxobod shahar hokimi Raxim Gandimov bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ikki davlat poytaxt shaharlari o'rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Toshkent va Ashxobod shahar o'rtasida birodarlik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi bitimni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shu yilning 27-29-noyabr kunlari o'tkaziladigan "Ipak yo'lida turizm" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Ashxobod shahar hokimligi delegatsiyasining ishtiroki hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'lida muhim qadam bo'lishi qayd etildi.

Muloqot davomida Turkmaniston poytaxtida "Toshkent" bog'ining va O'zbekiston poytaxtida "Ashxobod" bog'ining barpo etilishi xalqaro munosabatlar amaliyotida chinakam noyob voqea bo'lgani va xalqlarimiz do'stligining yangi timsoliga aylanganini alohida ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida, O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasida madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish hamda "Toshkent" bog'ini Ashxobod aholisi va mehmonlari uchun yanada ommalashtirish yo'lida uning hududida muntazam ravishda madaniy tadbirlarni o'tkazish to'g'risida kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish