Logo

O'zbekiston va Germaniya parlamentlararo aloqalari izchil rivojlanmoqda

Iyul 04, 2025. 12:06 • 44 soniya

627
O'zbekiston va Germaniya parlamentlararo aloqalari izchil rivojlanmoqda

BERLIN, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya Bundestagi (parlament quyi palatasi) Huquq va iste'molchilar himoyasi qo'mitasi raisi, deputat Karsten Myuller bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida siyosatchi joriy yilning 6-9-aprel kunlari Toshkentda bo'lib o'tgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasidagi ishtirokini mamnunlik bilan yodga oldi.

– O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lami islohotlar va o'zgarishlarni yuksak baholayman, – dedi Bundestag qo'mitasi raisi Karsten Myuller. – Jumladan, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularga yangi imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratish hamda ularning kelajakka bo'lgan ishonchini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar alohida e'tirofga loyiq.

Shuningdek, suhbat davomida O'zbekiston va Germaniya o'rtasida parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanib borayotganligi, mazkur jarayonda do'stlik guruhlari faoliyatiga alohida e'tibor qaratilishi lozimligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qonun ijodkorligi sohasida o'zaro tajriba almashish hamda iqtisodiy, siyosiy, madaniy va hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish