Logo

 O'zbekiston va Pokiston madaniy hamkorligi yangi bosqichga ko'tarilmoqda

Iyul 10, 2025. 15:09 • 39 soniya

641
 O'zbekiston va Pokiston madaniy hamkorligi yangi bosqichga ko'tarilmoqda

ISLOMOBOD, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston milliy meros va madaniyat vaziri Avrangzeb Xan Xichi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida madaniy hamkorlikni kengaytirish, ikki xalq o'rtasidagi ma'naviy yaqinlikni mustahkamlash va amaliy loyihalarni ilgari surish borasida fikr almashildi.  Tomonlar O'zbekiston va Pokiston madaniyati kunlarini tashkil etish, Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida Pokiston delegatsiyasining ishtirokini ta'minlash masalalari muhokama qildilar.

Madaniyat sohasidagi hamkorlikning huquqiy asosini takomillashtirish, Boburiylar sulolasi tarixi bo'yicha qo'shma tadqiqotlar o'tkazish va boshqa dolzarb yo'nalishlarda aloqalarni rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, tarixiy va ma'naviy yaqinlik asosida do'stona munosabatlarni yana-da mustahkamlash sari qo'yilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish